8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

14:58 / 29.05.2019 5636

Diqqat-e'tiborni har yerda va har qachon saqlashning 7 usuli

Hozirning o‘zida diqqat-eʼtiboringiz qancha narsani talab etmoqda? Telefon? Elektron pochta? Messenjer? Tvitter? Bu asabga tegadigan ro‘yxat doimiy ravishda o‘sib boradigandek. Zamonaviy texnologiyalar bizga ko‘plab g‘aroyib narsalarni in'om etdi, biroq doimiy ravishda o‘ziga e'tibor talab etishi ularning qo‘shimcha ta'siridan biri hisoblanadi. O‘ylab ko‘ring: ofis xodimi o‘rtacha har uch daqiqada chalg‘iydi, fikrini yana bir yerga jamlash uchun unga 25 daqiqaga yaqin vaqt kerak bo‘ladi.

Foto: Pexels

Miyangiz qaysi narsaga e'tibor berish kerakligini qanday tanlaydi?

Miyangiz doimiy ravishda ishlaydi, axborotni qabul qiladi, demak u e'tibor qaratish va chetga surib turish mumkin bo‘lgan narsani doimiy ravishda tanlashi kerak.

Neyroolimlar uni «tanlovchi e'tibor» deb ataydilar, u yana ikki shaklda bo‘ladi:

Yuqoridan pastga (ongli e'tibor)

Diqqat-e'tiborning bu turi maqsadga yo‘nalgan. U ancha keng holat uchun mas'ul bo‘lib, ayrim xulosalarga kelish uchun sizning avvalgi tajribalaringizni qo‘llaydi. U imtihonga tayyorlanayotganingizda yoki murakkab muammoni yechishga harakat qilayotganingizda paydo bo‘ladi.

Pastdan tepaga  

Yoningizda nimadir sodir bo‘lganida yoki biror narsa e'tiboringizni jalb etganida ana shu diqqat-eʼtibor hukmi ostida bo‘lasiz. Siz sodir bo‘lgan narsani avtomatik tarzda o‘chirib tashlaysiz. Kuchli shovqinni eshitganda, telefon jiringlaganida ana shu holat yuz beradi.

Muammo nimada?

Miyamiz diqqat-eʼtiborning qaysi turini tanlashini nazorat qila olmaymiz. «Yuqoridan pastga» rejimida qolishni istashimizga qaramay, «Pastdan tepaga» rejimi ishga tushishi mumkin.

Shovqin va kutilmagan harakatlar xavf sifatida taassurot uyg‘otadi. Miyangiz xavf siz o‘qiyotgan kitob va yozayotgan xabaringizdan muhimroq deb hisoblaydi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, iroda va diqqat-eʼtibor – yakuniy resurslar. Qancha ko‘p chalg‘isangiz, ishga qaytish shuncha mushkul bo‘ladi. Biroq ilm-fan diqqat-eʼtiborni ortga tez va samarali qaytarishning bir necha usullarini ko‘rsatmoqda.

Foto: Pexels

1. Miyaning tabiiy sur'atlarida ishlang

Sezgan bo‘lsangiz kerak, kunning turli qismida e'tiborni jamlash qobiliyati turlicha bo‘ladi. Ko‘pchilik uchun soat 12 dan 16 ga qadar diqqatni jamlash qobiliyati eng kam ko‘rsatkichda bo‘ladi.

Miyangiz og‘ir aqliy faoliyat bilan soat 10.00 dan keyin samarali shug‘ullanadi. Bu vaqtda miya to‘liq uyg‘ongan, to‘yintirilgan va kamchiliklarsiz ishlaydi.

2. Aqlingizni diqqat-eʼtiborni saqlaganligi uchun mukofotlang

Miyangiz shaxsiy tajribadan saboq oladi. Bu kun davomida buzg‘unchi ishlarni qancha ko‘p bajarsangiz, (masalan, elektron pochta va Twitter’ni kuniga ming marta tekshiradi) ular bilan shug‘ullanishingiz shuncha oson bo‘ladi. Buni bas qilish kerak.

Buning o‘rniga miyani e'tiborni saqlash, yomon odatlarga odatlanmaslikka o‘rgatish kerak. Har safar keraksiz ishlarga chalg‘iyotganingizni sezsangiz, darhol to‘xtang. Miya chalg‘ishi qancha qiyin bo‘lsa, u diqqat-eʼtiborni uzoq vaqt davomida saqlay oladi.

3. Tanaffus qiling (haqiqiy tanaffus)

Hayotimizning katta qismi ko‘proq axborot olish atrofida aylansa ham barini tez bajarish istagi bizni eng yaxshi xodimlarga aylantirmaydi.

Diqqat-e'tiborni yaxshilash uchun tashqi omillardan erkin bo‘lgan joy toping. Bunday joyni topa olmasangiz, internetga chalg‘imaslikda yordam beradigan ilovalarni yuklab olishingiz mumkin.

4. Ko‘p vazifalilik haqida unuting

Ko‘p vazifalilik noto‘g‘ri izohlanadi. Bu atama biz o‘ylagan narsani anglatmaydi. Miyamiz bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq narsaga e'tibor bera olmaydi. Ko‘p vazifalilik bir ishdan boshqasiga juda tez o‘tishni anglatadi. Qancha tez o‘tsak, shuncha ko‘p quvvat sarflaymiz.

Ahamiyati jihatidan vazifalar ro‘yxatini tuzing. Iloji boricha, unga amal qiling. Bir vaqtning o‘zida bajaradigan ishlaringiz soni qancha kam bo‘lsa, umumiy ish sifati shuncha yaxshi bo‘ladi.

Foto: Pexels

5. Sizni haqiqatan ham o‘ziga jalb etadigan ish toping

Joriy vazifa e'tiboringizga loyiq ekaniga ishonmasangiz, miyangiz boshqa chalg‘ituvchi omillarni izlashni boshlaydi. U standart chizmani faollashtiradi. Miya endilikda tashqi olamga e'tibor qaratmaydi. Diqqat-e'tiborni yo‘qotganda gap nimada ekanini o‘ylab ko‘ring. Agar vazifa siz uchun jozibali bo‘lmasa, balki tabiiy quvvat (tongda) ko‘proq bo‘lganida bajararsiz.

6. Onglilikni mashq qiling

Zo‘riqish diqqat-eʼtiborni o‘ldiradi. Eng yomoni aynan  diqqatni jamlash kerak bo‘lganida ko‘pincha zo‘riqishga moyil bo‘lamiz.

Onglilik amaliyoti, masalan, meditatsiya bizni zo‘riqish va kuchli hislarga yengilmaslikka o‘rgatadi, hozir bajarayotgan va o‘ylayotgan narsalarimiz haqidagi xabardorlikni oshiradi.

7. Saqich chaynang

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, saqish chaynash miyaning e'tibor uchun mas'ul bo‘lgan qismlariga kislorod borishiga hissa qo‘shadi. U uzoq muddatli xotirani yaxshilab, qonga biroz insulin qo‘shadi, bu esa miyaga qo‘shimcha quvvat olishda yordam beradi.

Agar saqich mos kelmasa, yeguliklar iste'mol qiling.

Agar diqqat-eʼtibor pasayayotganini sezsangiz, miyaga biroz yoqilg‘i berish uchun biror narsa iste'mol qiling.

Yodda tuting: diqqat-eʼtiborni oladigan emas, uni qo‘llab-quvvatlaydigan muhitni yaratish muhim.

Top