Psixologlar ta’kidlaşiça, ayollarda baxt hissi erkaklarga nisbatan tezroq özgarişi tabiiy jarayon. Bu — xarakterning beqarorligi emas, balki miyaning xavf-signal tizimi kuçliroq işlaşidan kelib çiqadi. Ayol organizmi taşqi muhit, muloqot ruhi va hatto ovoz intonatsiyasiga sezgir ravişda javob qaytaradi.
Ayolning kayfiyati tez özgarişi unda muammo borligini anglatmasligi mumkin — u faqat hissiyot tölqinida harakatlanayotgan böladi. Ammo buni anglaş va boşqarişni hamma ham bilavermaydi. Ayrim holatlarda bu boşqalar, ya’ni erkaklar yoki yaqinlar tomonidan “erkalik”, “injiqlik”, “tantiqlik” deya talqin qilinadi va salbiy baholanişga sabab böladi. Şuning uçun biz şunday holatlarni yengillatuvçi tavsiyalar tayyorladik: ayollar uçun ham, erkaklar uçun ham.
Ayollar uçun amaliy tavsiyalar
— Hissiyotni inkor qiliş emas, qabul qiliş — “nega şunday bölyapti?” emas, “hozir menda şunday tölqin, ötadi” degan fikr ruhan yengillaştiradi.
— Energiyani talabga qarab taqsimlaş — ilhom paytida ijod, muloqot; tinçlik fazasida tozalaş, öylaniş, özini tiklaş.
— Tsikl taqvimidan foydalaniş — PMS yoki past energiya kunlarida öziga yoqimsiz hajmda yuklamalar qöymaslik.
— “Qiymat hissi”ni qidiriş — faqat yutuq emas, balki kimgadir foyda yetkaziş, ahamiyatlilik hissini oşiriş orqali baxt barqaror saqlanadi.
Erkaklar nimalarni bilişi kerak?
Mutaxassislarga köra, ayol kayfiyati özgarganda erkakning eng katta xatosi — masalani darrov “tuzatişga” urinişi. Aslida ayol bu paytda yeçim emas, empatiya va xavfsiz muhit izlayotgan böladi.
Bunday vaziyatda ayol erkakdan “jonga tegding”, “nima böldi yana?” degan savolni emas, “Men sen bilanman. Sening his-tuyğularing men uçun muhim” degan qöllab-quvvatlaşni kutadi. Bu javob eng yaxşi yeçim bölib, ayolning içki bosimini pastga tuşiradi — şundan keyingina u muammoni hal qilişga tayyor böladi.
Ayol ruhiyati mustaqil sikllar asosida işlaydi. Uning kayfiyati tez özgarişi — muammo emas, tabiiy holat. Agar ayol öz holatini tuşunib boşqarsa, erkak esa tuşunişga uriniş bilan yondaşsa — ikkala tomon baxt hissini uzoq saqlab qolişi mumkin.








