8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

16:46 / 30.05.2019 8779

Tubigacha 250 metr: Kongo - yer sharidagi eng chuqur daryo

Foto: TravelAsk

Nima deb o‘ylaysiz, Volga va Nil kabi yirik daryolar qay darajada chuqur? 10, 20, balki 50 metrdir? Albatta, bu bir necha omillarga bog‘liq, biroq odatda aynan to‘liq suvga ega daryolar eng katta chuqurlikka ega bo‘ladi. Masalan, Rossiyada Yenisey eng chuqur daryo hisoblanadi, uning chuqurligi 70 metr. Shunday daryolar ham borki, ularning chuqurligi 170 va hatto 200 metrga yetadi. Yerdagi suv arteriyalaridan eng kattasi bu – Afrikadagi Kongo bo‘lib, uning quyi oqimdagi chuqurligi 250 metrga yetadi.

Kongoni hech mubolag‘asiz dunyodagi eng katta daryolardan biri deb atash mumkin. U Markaziy Afrikadagi tog‘li hududdan boshlanib, ekvatorni ikki marta kesib o‘tadi va suvini Atlantika okeanigacha olib boradi. O‘zani to‘lib oqishi bo‘yicha Amazonkadan keyingi ikkinchi o‘rindagi daryo bo‘lishiga qaramay, uning okeanga quyilish joyiga kirish va Kinshasadan Brazzavilgacha bo‘lgan oqimi bo‘ylab ko‘tarilishning iloji yo‘q. Gap shundaki, Kongo oddiy daryo emas. Tog‘dan boshlanadigan ko‘plab daryolar quyi oqimida sokin xarakterga ega bo‘ladi. Biroq Kongoda bunday o‘zan faqat o‘rta oqimda kuzatiladi, quyi oqimlarida esa yirik kemalar suza olmaydi. Bu yerda ko‘plab xavfli ostona hamda manzarali sharsharalar talaygina. Jumladan, butun dunyoga dong‘i ketgan Livingston va Stenli sharsharalari ham aynan shu yerda. Aynan quyi oqimda Kongoning eng chuqur yeri joylashgan. Bunga ishonish juda qiyin, biroq bu joylarda suv yuzasidan tubigacha 230-250 metrgacha bo‘lishi mumkin.

Stenli sharsharalari
Foto: TravelAsk
Livingston sharsharalari
Foto: TravelAsk

Kongoda ulkan baliqlar yashaydi. Butun dunyodagi baliqchilar bu yerga o‘lja ilinjida oshiqadilar

Bu daryoda baliqlarning aql bovar qilmas darajadagi ko‘plab turlari yashaydi. 900 xil tur!

Foto: TravelAsk

Albatta, ixtiofaunaning barcha turlari iste'mol uchun yaroqli emas, biroq mahalliy aholi baliq yetishmovchiligini his etmaydi. O‘lja nusxalarini ovlash uchun esa butun dunyo baliqchi-sayyohlari ana shu yerga tashrif buyuradilar.

Foto: TravelAsk

Boy baliq resurslaridan tashqari, Kongo o‘z qirg‘oqlarida yashaydigan odamlarga gidroenergiya olish imkoniyatini ham hadya etgan. Kemachilik uchun mos kelmaydigan tub relefi ayrim joylarda to‘g‘on hamda gidrostansiyalarni qurish uchun juda qulay. Bu yerda turli quvvatga ega 40 taga yaqin gidrostansiya mavjud. Muhandislar esa Kongoda Xitoydagi «Uch dara»dan katta bo‘lgan ulkan GES inshootini qurish mumkin deb hisoblashadi.

Top