Yangi infografikada dunyodagi eng qudratli 30 ta daryo örtaça suv sarfi böyiça saralangan holda taqdim etilgan.
Sekundiga 224 000 kub metr suv sarfi bilan Amazonka okeanga keyingi reytingdagi törtta daryo birgalikda quyadigan suvdan ham köproq suv quyadi. Agar uni nasos deb tasavvur qilsak, u har soniyada 83 ta olimpiya standartlaridagi basseynni töldirişi mumkin bölar edi.
Hatto eng quruq oylarda ham Amazonka şunday miqdorda suv taşiydiki, boşqa yirik daryolar bunga faqat eng yuqori toşqin davrlaridagina yetişa oladi. Bu esa uning jahon gidrologik tizimidagi öziga xos, noyob örnini yana bir bor tasdiqlaydi.
Agar Janubiy Amerikada şubhasiz çempion — Amazonka bölsa, Osiyo qolgan birinçi önlikda ustunlik qiladi. Gang–Braxmaputra–Megna, Yanszi, Yenisey va Lena daryolarining suv sarfi sekundiga 18 000 kub metrdan oşadi.

Ular böylab jadal iqtisodiy ösiş keçayotgani daryolarning suv rejimi barqarorligini öta muhim qiladi. Hindistonning don yetiştiriş kamaridagi suğorişdan tortib, Xitoy sanoat yuragidagi gidroenergetikagaça — Osiyo buyuk daryolari oziq-ovqat va energetika xavfsizligining hayotiy arteriyalari bölib qolmoqda.
Afrika giganti Kongo esa birinçi beştalikka kirgan qit’aning yagona vakili bölib, uning sekundiga 41 400 kub metr suv sarfi ekvatorial örmonlar oqimni qanday qilib yagona özanga töplab, yönaltirayotganini körsatadi.
Şimoliy Amerikadagi Missisipi va Sen Lavrentiy daryosi katta havzalarning mö’tadil yoğingarçilik bilan birgalikda qay tarzda ta’sirçan, biroq baribir nisbatan kamtarroq suv oqimini vujudga keltirişini namoyon qiladi. Şu bilan birga Yevropadagi Volga va Dunay ham röyxatga kiradi, bu esa qit’aning mö’tadil iqlimi va töğonlar hamda suv resurslarini tartibga solişning murakkab tarmoqlarini aks ettiradi.
Okeaniyadagi Flay, Mambraamo va Sepik daryolari özining nisbatan kiçik havzalaridan kutilgandan ança yuqori körsatkiçlarni qayd etadi, bu esa Yangi Gvineyaning juda kuçli yomğirlari hisobiga yuz beradi. Bu holat mahalliy iqlim ba’zan geografik xususiyatlardan ustun kelişi mumkinligini eslatib turadi.
Ma’lumot uçun, davlatlar daryoning asosiy özani böylab körsatilgan, butun havza maydoni böylab emas. Qöşimça daryolarning suv sarfi alohida keltirilmaydi — ularning hissasi asosiy daryo tizimi umumiy oqimiga allaqaçon kiritilgan. Asosiy daryo deb dengiz, okean yoki yopiq suv havzasiga (masalan, Kaspiy dengiziga) quyiladigan daryo tuşuniladi, qöşimça daryolar esa boşqa daryolarga quyiladi.












