9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

12:47 / 01.06.2019 2667

Davlat notarial idoralarini moliyalashtirish tartibiga tuzatishlar kiritildi

Foto: Dreamstime

Davlat notarial idoralari va notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga tuzatishlar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
 
Birinchidan,  notarial idoralar tomonidan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar ko‘rsatilganligi uchun tushumlar notarial idoralar va notarial arxivlar faoliyatini yaxshilashga yo‘naltirilgan seminarlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazishga sarflanishi mumkin.
 
Ikkinchidan, notarial idoralar va idoraviy notarial arxivlar xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustamalar belgilash uchun yagona mezon qoldi – ish staji. Bunda u ancha pasaytirildi: endi ustama olish uchun 3 oydan kam bo‘lmagan (ilgari – 1 yildan kam bo‘lmagan) muddat ishlab berish kifoya. Boshqa barcha asoslar chiqarib tashlandi (notariuslar uchun - ilmiy daraja, faxriy unvonlar va davlat mukofotlari, notariat institutini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda qatnashish; boshqa xodimlar uchun – oliy ma'lumotga egaligi).
 
Uchinchidan, xodim yoki uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, eri (xotini), bolasi) vafot etganda bitta xodimga bir yilda to‘lanadigan moddiy yordamning miqdoriga (EKIHning 10 baravaridan oshmagan miqdorda) cheklov qo‘llanmasligi belgilangan.
 
Hujjat 31.05.2019 yildan kuchga kirdi.

Top