8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

14:29 / 01.06.2019 20274

«Turkiyani yengishimiz mumkin» – Ektor Kuper Turkiya bilan o‘yin oldidan nimalar dedi?

2 iyun kuni Turkiya va O‘zbekiston milliy jamoalari o‘rtasida xalqaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan Antaliyadagi «The Sense De Luxe» mehmonxonasining anjumanlar xonasida O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Argentinalik murabbiy ertangi o‘yinda faqat g‘alaba uchun maydonga tushmoqchi ekanini aytdi.

Yangi futbolchilar haqida
«Hozircha milliy jamoaga yangi chaqirilgan futbolchilar yaxshi taassurot qoldirishmoqda. Bosh jamoada klublarga qaraganda boshqacha talablar qo‘yiladi va umid qilaman, ular milliy jamoa o‘yiniga moslashib, bizga foyda bera oladi. Yangi chaqirilgan futbolchilar o‘yinda maydonga tusha olmasa, xafa bo‘lishlari kerak emas. Ularda yana imkon bo‘ladi».

Himoyada yangi futbolchilarning sinab ko‘rilmayotgani haqidagi savolga
«Ikki oydan so‘ng saralash o‘yinlari boshlanadi, shu sabab yangi futbolchilarni sinab ko‘rish foydali, ammo biz har qanday futbolchining ham jismoniy holatiga qaraymiz. Himoyada yangi futbolchilar chaqirilmayapti? Nega, biz ikkita yangi qanot himoyachisini chaqirtirganmiz. Akrom Komilov va Hojiakbar Alijonov. To‘g‘ri, markaziy himoyada yangi futbolchi chaqirilgani yo‘q, lekin bu himoyamizda muammo yo‘q degani emas.

Hech bir futbolchida tarkibda joy kafolatlanmagan. Futbolchi doim darajasiga qarab jamoaga chaqiriladi. Masalan, men ham bugun murabbiyman, ertaga bo‘lmasligim mumkin. Bu futbolning qoidasi».

Turkiya milliy jamoasi haqida
«Turkiyaning oxirgi o‘yinlarini ko‘rib, ularning yaxshi jismoniy holatda ekanini aytishim mumkin. Ertangi o‘yinda nafaqat g‘alaba qozonishga, chiroyli o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz, chunki muxlislar shuni kutishadi. Biz har qanday o‘yinga g‘alaba uchun tushamiz, ertangi murakkab o‘yinda ham. Ertaga g‘alaba qozonishimizga va'da bermaymiz, lekin buni eplasa bo‘ladi. Avvalo yaxshi konsentratsiyaga ega bo‘lishimiz kerak. Menimcha, o‘yinni yutish uchun imkoniyatimiz bor».

Image

Hujumdagi raqobat haqida
«Bizda doim yaxshi hujumchilar bo‘lgan. Kimdir jarohat yoki boshqa muammo sabab milliy jamoaga chaqirilmagandir, ammo bizda uch oy oldin ham yaxshi hujumchilar bor edi, hozir ham bor. Biz milliy jamoaga futbolchi chaqirishda xuddi dunyodagi boshqa murabbiylar kabi jismoniy holatga e'tibor beramiz. Hujumda ham hech kimga joy kafolatlanmagan. Biz o‘zimizda bor bo‘lgan hujumchilar bilan yaxshi natijaga erishishimiz kerak»,- deb Kuperning so‘zlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.

Top