21:28 / 26.03.2024
30700

JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston Hongkong ustidan yirik g‘alabaga erishib, JCh-2026 hal qiluvchi saralash bosqichiga yo‘llanma oldi

JCh-2026 hamda Osiyo kubogi-2027 qo‘shma saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi Hongkong ustidan yirik g‘alabaga erishib, hal qiluvchi 3-saralash bosqichi va Saudiya Arabistonida o‘tadigan Osiyo kubogi-2027ga yo‘llanmani naqd qildi.

Foto: Tribuna.uz

Toshkentdagi uchrashuv oldidan bosh murabbiy Srechko Katanets betobligi sababli o‘z yurtiga qaytib ketgan bo‘lsa-da, milliy jamoamiz Hongkong bilan bahsda katta qiyinchiliksiz g‘alabaga erishdi. 

Eldor Shomurodov birinchi bo‘limda hisobni ochgan bo‘lsa, tanaffusga qadar jarohat olib, 2-bo‘limda maydonga tusha olmadi. Zaxiradan maydonga tushgan Hojimat Erkinov va Oston O‘runovning goli vakillarimizga yirik g‘alabani keltirdi – 3:0.

Shu tariqa, O‘zbekiston 4-turdan keyin 10 ochko bilan keyingi bosqich yo‘llanmasini muddatdan avval naqd qildi. 

JCh-2026 saralashi. 4-tur
O‘zbekiston – Hongkong – 3:0

Hakam: Ahmed Faysal Al Ali (Iordaniya)
Gollar: Eldor Shomurodov 20, Hojimat Erkinov 63, Oston O‘runov 70.
O‘zbekiston: 1.O‘tkir Yusupov, 2. Abduqodir Husanov, 4.Farrux Sayfiyev, 7.Otabek Shukurov, 9.Odiljon Hamrobekov, 10. Jaloliddin Masharipov (6.Diyor Xolmatov, 90), 14.Eldor Shomurodov (11.Oston O‘runov, 46), 15.Umar Eshmurodov, 19.Azizbek Turg‘unboyev, 22. Abbosbek Fayzullayev (20.Hojimat Erkinov, 57), 23.Husniddin Aliqulov.
Zaxira: 12.Abduvohid Ne’matov, 16.Botirali Ergashev, 3.Akrom Komilov, 8.Jamshid Iskanderov, 17.Bobir Abdixoliqov, 18.Abdulla Abdullayev, 21.Azizbek Amonov.
Hongkong: 1.Yapp Xung Fai, 2.Oliver Benjamin Gerbig, 6.Vu Chung Ming, 8.Tan Chun Lok, 13.Li Ngai Hoi, 14.Pun Pui Hin, 16.Chan Siu Kvan Filip (9.Matt Orr, 62), 20.Maykl Udebuluzor (12. Lam Ting, 78), 21.Yu Tze Nam (3.Tsui Vang Kit, 78), 22.Soaresh Junior (11.Lam Jordan Lok Kan, 78), 23.Sun Ming.

Mavzuga oid
Top