8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

21:00 / 02.06.2019 10425

Xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun qanday hujjatlarni taqdim etish kerak?

Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram-kanali fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun ma'lumotlarni yig‘ish punktiga (pasport stol) taqdim etiladigan hujjatlar haqda ma'lumot berdi.

Ular quyidagilar:

— ariza-anketa;

— biometrik pasport yoki ID-karta yoxud 16 yoshga to‘lmagan fuqarolar uchun tug‘ilganlik haqida guvohnoma;

— ilgari berilgan xorijga chiqish biometrik pasporti (mavjud bo‘lgan taqdirda);

— vakolatli organning qarori (xorijga chiqish biometrik pasporti ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida);

— harbiy guvohnoma yoki boshqa hujjat – harbiy xizmatga majburlar uchun;

— davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya (243 ming 276 so‘m, 16 yoshga yetmaganlar uchun 162 ming 184 so‘m);

— ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning fuqaroning xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi — voyaga yetmaganlar uchun;

— fuqaroga hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati — voyaga yetmaganlar uchun.

Top