19:35 / 13.06.2019
29997

Namangan davlat universitetiga yangi rektor tayinlandi

Namangan davlat universitetiga yangi rahbar tayinlandi.

Telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali xabar berishicha, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Muzaffar Hoshimovich Esanov Namangan davlat universitetining rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Muzaffar Esanov 1978 yilda Namangan viloyati Uychi tumanida tug‘ilgan. 2003 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan.

Muzaffar Esanov
Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

U 2012-2017 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo‘limi boshlig‘i, 2017-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Respublika ta'lim markazi direktori lavozimida ishlagan.

2018 yildan shu vaqtga qadar NamDUning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori sifatida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, ilgari ushbu lavozimda faoliyat yuritgan  Ulug‘bek Ilyasovich Inoyatov O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi raisi etib saylangan edi.
 

Mavzuga oid
Top