Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengaşi raisi Xotamjon Abdurahmonoviç Ketmonov öz lavozimini tark etdi.

Kun.uz manbasi xabar berişiça, 1 iyun  kuni Özbekiston XDPning navbatdan taşqari plenumi bölib ötdi va unda partiyaning yangi rahbari saylandi.

Endilikda partiyaga Namangan davlat universiteti rektori sifatida işlab kelgan Uluğbek Inoyatov raislik qiladi.

Ma'lumot uçun, Hotamjon Ketmonov 2013 yildan buyon XDP Markaziy kengaşi raisi sifatida işlab kelayotgandi. U 2015 yildan hozirgi vaqtga qadar Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Spikerining örinbosari, Özbekiston XDP fraksiyasi rahbari edi.

Hotamjon Ketmonov 2015 va 2016 yilgi prezidentlik saylovlarida XDP partiyasidan nomzod sifatida qatnaşgandi.

Uluğbek Inoyatov 2013 yil fevralidan 2018 yil 20 iyuniga qadar Xalq ta'limi vaziri bölgan. Vazir bölişdan avval 2011-2013 yillarda Toşkent davlat pedagogika universitetiga rektorlik qilgan.

Foto: Uluğbek Inoyatov

Prezident Şavkat Mirziyoyev 2018 yilning birinçi yarim yilligi yakunlari böyiça investitsiya loyihalarini amalga oşiriş holatiga bağişlangan videoselektorda Xalq ta'limi vazirligida boşlangan islohot haqida gapirib, Uluğbek Inoyatovni jiddiy tanqid qilgandi.

«Köp rahbarlarni almaştiryapmiz. Keça şunça tajribasi bor Inoyatovni işdan olib taşladim. Örniga Şermatovni qöydim. Tarixda bunaqasi bölmagandi. Butun jamoasi bilan almaştirdim. Bölim boşliqlariniyam işdan olişga körsatma berdim. Çunki u eski odam. Bir yarim yil işlab, birorta taklif bermadi.

Tizimda korrupsiya, maktablarda korrupsiya bölib ketgan. Toşkent şahridagi ahvolga maymunlar yiğlaydi. Eski jamoadan bitta yoşlar böyiça muovin qoldi. Vazirlikning hududiy ta'lim boşqarmalari, tumanlardagi boşqarmalar rahbarlarini işdan olişga topşiriq berdim», degandi prezident.