8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

20:30 / 15.06.2019 18912

Tramp Amerika iqtisodiyoti «misli ko‘rilmagan» tanazzulga uchrashini aytdi 

Foto: RIA Novosti

AQSh prezidenti Donald Tramp agarda u 2020 yil noyabrdagi saylovlarda g‘alaba qozonmasa, Amerika iqtisodiyoti inqirozga uchraydi deb hisoblaydi.

"Tramp iqtisodiyoti rekordlarni zabt etmoqda va ko‘p narsa hali oldinda... Bunga qaramasdan, agarda 2020 yilda mendan boshqasi g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, u holda ilgari ko‘rilmagan bozorlar tanazzuli boshlanadi. Amerikaning buyukligini saqlab qolamiz!" — deb yozdi u tvitterda.

Tramp ikkinchi marta prezidentlikka saylanishni mo‘ljallamoqda. Ayni paytda demokratik partiyadan o‘ndan ortiq kishi, jumladan sobiq vitse-prezident Jo Bayden va senator Berni Sanders saylovda qatnashish niyatini bildirdi.

Top