12:20 / 20.06.2019
10707
Kosonda bitiruvchilarga oltin va kumush medallar topshirilmoqda – foto

Koson tumanida joriy o‘quv yilida umumiy o‘rta ta'lim maktablarini 3661 nafar yoshlar bitirmoqda. Ayni vaqtda 11-sinf bitiruvchilariga diplom va attestatlar tarqatilmoqda.

Tuman hokimi A.Boykarayev 19 iyunda oltin, kumush medal sohiblari va a'lo darajadagi kasb-malakasi diplomlari olgan o‘quvchilar bilan uchrashdi. Uchrashuvda bitiruvchilar va ularning ota-onalari hamda o‘qituvchilari ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilariga bayram dasturxoni tashkil etilib, konsert dasturi namoyish etildi. Shundan so‘ng bitiruvchilar uchun tumandagi «Qusam ota» ziyoratgohiga sayohat uyushtirildi.

Shuningdek, tumanda «Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi» doirasida «Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz» shiori ostida tuman markazi asosiy yo‘lida yugurish bo‘yicha marafon tashkil etildi.

Ushbu marafonda 5000 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Marafon yakunida musobaqa g‘oliblari tuman hokimligi va Yoshlar ittifoqi tuman kengashi, tuman jismoniy tarbiya va sport bo‘limining diplom va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

Bardoshbek SAMAD o‘g‘li tayyorladi.

Top