Koson tumani hokimi Asrol Boyqorayev qariyb 50 ta fermerning ijara şartnomasini bekor qilib, yerlarini noqonuniy ravişda tuman zaxirasiga qaytardi. U bu işni mahalliy kengaş qarori asosida göyoki deputatlar “qöli bilan” amalga oşirgan. Kengaş qarori esa prezidentning ikkita farmoniga zid.
2024 yilning 11 yanvar kuni xalq deputatlari Koson tumani kengaşining “Koson tumani qişloq xöjaligi bölimi boşliği J.Ergaşevning taklifi asosida ijara şartnomasini bekor qiliş va fermer xöjaligi yerini zaxiraga qaytarişni taşkil etiş töğrisida”gi qarori qabul qilingan.
Qaror bilan tumandagi 48 ta, jumladan, 1 ta boğdorçilik, 1 ta çorvaçilik hamda 46 ta paxta va ğallaçilik fermer xöjaligi bilan tuzilgan ijara şartnomasi bekor qilingan hamda ularning yer maydonlari hokimlik zaxirasiga qaytarilgan. Qarorda zaxiraga qaytarilgan yer maydonlarining kadastr yiğmajildini tayyorlaş va davlat mulki sifatida röyxatdan ötkaziş uçun Davlat kadastrlar palatasi Qaşqadaryo viloyati boşqarmasiga buyurtma taqdim qiliş, bunda xarajatlarni mahalliy budjet mablağlari hisobidan moliyalaştiriş nazarda tutilgan.
Mahalliy kengaşning mazkur qarori prezidentning 2021 yil 8 iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va şaffoflikni ta’minlaş, yerga bölgan huquqlarni işonçli himoya qiliş va ularni bozor aktiviga aylantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni talablariga zid. Farmonga köra, tuman va şahar mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer uçastkalariga bölgan huquqlarni belgilaş, e’tirof etiş, özgartiriş, bekor qiliş vakolatlari, şuningdek, ular yuzasidan qaror, farmoyiş yoki boşqa turdagi hujjat qabul qiliş huquqi 2021 yil 1 avgustdan bekor qilingan.
Bundan taşqari, prezidentning 2022 yil 24 avgustdagi tegişli farmoniga köra, 2022 yil 1 sentabrdan boşlab yer uçastkalariga bölgan huquqning vujudga kelişi uçun asos bölgan hujjatlarni, şu jumladan Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlarini ularning özi yoki yuqori turuvçi organ va mansabdor şaxslar tomonidan, xususan prokuror protesti asosida bekor qiliş yöli bilan yer uçastkasiga bölgan huquqni tugatiş tartibi bekor qilingan.
Uşbu hujjatlar faqat sud tomonidan bekor qilinişi yoki haqiqiy emas deb topilişi mumkin.
Biroq prezidentning mazkur farmonlari talablariga mahalliy kengaş deputatlari ham (ular qöl kötarib qarorni tasdiqlab berişgan), hokim ham köz yumgan. Qolaversa, Asrol Boyqorayev mahalliy kengaş qarorini kengaş raisi emas, tuman hokimi sifatida imzolagan.



















