Uşoqtepa mahallasidagi asfaltlaş işlari

Ma’lum bölişiça, Uşoqtepa mahallasi ahli hududdagi eng oğir törtta – Tong yulduzi, Asqad Muxtor, Said Ahmad, Odil Yoqubov köçalarini asfalt qiliş taklifi bilan çiqadi. Jami 3,5 kilometr masofani asfalt qiliş uçun 1 mlrd 200 mln söm sarflanişi közda tutilgan bölib, loyiha 13 327 ta ovoz bilan ğolib deb topiladi.

“Taklif mahalladoşimiz Artur Asrorov nomidan yuborildi. Bu yigit haqiqatan ham ovoz yiğiş jarayonlarida faollik körsatdi. Toşkentda turib, ança ovoz yiğib berdi. Sir emas, mahallamizdan taşqari yaşovçi insonlardan ham ovoz yiğişga majbur böldik. Buning evaziga ovoz beruvçilarga biror xil salqin içimlik yoki şunga öxşaş nimadir berişga töğri keldi. Mahalladoşlar pul yiğib, Arturga jönatib turdik. Bu loyihada ğolib bölişimiz uçun 45-50 million söm atrofida mablağ sarflandi. Buning uçun butun mahalla ahli jipslaşdi, köçalarimiz asfalt bölişiga umid boğlaşdi.

Yetarliça ovoz töplab ğolib böldik va taklifimiz tasdiqlangani böyiça openbudget.uz saytida e’lon ham joylaştirildi. Unda 1 mlrd 200 mln söm mablağ Uşoqtepa mahallasidagi Tong yulduzi, Asqad Muxtor, Said Ahmad, Odil Yoqubov köçalarini asfalt qiliş uçun sarflanişi aniq-tiniq qilib yozib qöyilgan. Mahalla va tuman mutasaddilari iştirokida tayyorlangan loyiha çizmasini ham qölimizga oldik.

Şu keça-kunduzda mahallamiz köçalarini asfaltlaş jarayoni boşlandi. Biroq negadir Odil Yoqubov köçasi asfalt qilinmasligini aytişyapti. Loyiha böyiça bu köçaning qariyb 700 metr qismi asfaltlanişi kerak”, – dedi murojaatçilar.

Hozirça aholi tomonidan Koson tumani hokimligiga qilingan murojaatlar javobsiz qolmoqda.

Biz Koson tumani hokimining soha böyiça örinbosari Bahodir Oçilov bilan telefon orqali boğlandik.

Oçilovning aytişiça, dastlab Uşoqtepa mahallasining jami 5 kilometr yölini asfalt qiliş taklifi berilgan. Biroq loyihaga ajratilgan 1 mlrd 200 mln söm jami uç kilometr yölni asfalt qilişgagina yetgan.