8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

08:41 / 20.06.2019 3479

Yangi Zelandiya aholidan qurolni qayta sotib olishga 130 mln dollardan ko‘proq mablag‘ sarflaydi

Yangi Zelandiya hukumati 15 mart kuni Kraystcherchdagi masjidlarga hujumlardan keyin taqiqlangan yarimavtomatik qurolni aholidan qayta sotib olish kampaniyasiga 130 mln dollardan ko‘proq mablag‘ sarflaydi. Bu haqda “Nyu Zilend gerald” nashri mamlakat politsiya vaziri Styuart Neshga iqtibos keltirgan holda ma'lum qildi.

Neshning aytishicha, aholidan yuzlab turdagi qurol, katta sig‘imli o‘qdonlar va boshqa o‘q-dorilarni sotib olish rejalashtirilgan. Bu maqsadlar uchun budjetda 190 mln Yangi Zelandiya dollari (123 mln dollar) ko‘zda tutilgan. Yana 18 mln Yangi Zelandiya dollari (11,6 mln dollar) qurolni yig‘ib olishga sarflanadi. 

Ta'kidlanishicha, politsiya sotib olinadigan qurollar va ularning sotib olinish narxi ko‘rsatilgan ro‘yxatni e'lon qiladi. Qurol uchun taklif qilinadigan narx uning bozor narxining 95 foizgachasini tashkil qilib, 10 ming Yangi Zelandiya dollarigacha (6,4 ming dollar) yetishi mumkin. Kompensatsiya qiymati qurolning holatiga ham bog‘liq bo‘ladi va u tegishli ruxsati bor kishilargagina to‘lanadi.

Qurolni yig‘ish iyul o‘rtalarida boshlanib, 20 dekabrgacha davom etishi belgilangan. Barcha sotib olingan qurol va o‘q-dori yo‘q qilinadi.

12 aprelda Yangi Zelandiya hukumati Kraystcherchdagi teraktlardan keyin o‘qotar qurol aylanmasini tartibga soluvchi qonunchilikning qat'iylashtirilishini e'lon qilgandi. Ayni vaqtda mutasaddi davlat idoralarida o‘qotar qurolga ega 14,3 ming kishi haqida ma'lumot bor. 

Top