15:33 / 27.06.2019
5501
Air India samolyoti bomba haqidagi xabardan so‘ng Londonga qo‘nishga majbur bo‘ldi
Foto: Mahesh Kumar A. / AP

Hindistonning Mumbay-Nyuark (AQSh) yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan Air India aviakompaniyasi samolyoti bomba haqidagi xabardan so‘ng Londonning Stansted aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda aviakompaniyaning Twitter akkauntida xabar qilindi.

"Mumbay-Nyuark yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan AI191 reysi bomba portlashi xavfi sababli Stansted aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi", - deyiladi xabarda.

Hozircha voqeaning boshqa tafsilotlari ma'lum qilinmagan. 

Top