8578.36 USD +3.62

9628.35 EUR -119.41

134.52 RUB -1.31

10742.7 GBP -141.24

11:20 / 28.06.2019 15388

Chivin chaqishining sababi nima va unga qarshi choralar bormi?

Hamma gap nafas olish, teri isi va immun tizimining o‘ziga xosligida.

Chivinlar ba'zi odamlarni boshqalarga nisbatan ko‘proq «sevishadi».

Ular nafas olishingizni kuzatadi

Biz nafas olishda kislorodni yutib, karbonat angidrid gazini chiqaramiz. Chivinlar inson yoki hayvon tanasidan chiqadigan aynan shu gaz oqimi bo‘ylab o‘z o‘ljasini qidirib topadi.
Inson tanasi qanchalik katta bo‘lsa, u shunchalik ko‘p karbonat angidrid gazi chiqaradi. Bolalarni kamroq chivin talashining sababi ham shunda.

Harakatlanayotgan vaqtingizda gaz oqimi buziladi. Yugurish vaqtida karbonat angidrid gazi odatdagidan ko‘proq chiqariladi, biroq orqada qolib ketadi. Chivin sizga yetib olishi amrimahol.
Muammoni havo aylanib turuvchi joyga yoki ventilyatorli xonaga o‘tish orqali yechish mumkin.

Teringiz isi va ta'mi ularni jalb qiladi

Insonlar terisi bir-biridan is va ta'mi borasida biroz farq qiladi. Chivinlarning ba'zi turlari inson genetikasining o‘ziga xos xususiyatlariga taalluqli ma'lum turdagi hidlarni afzal ko‘rishadi. Shu sababli ham har bir odam terisida boshqalardan farqli bakteriyalar saqlanadi: bu chivinlarning e'tiborini tortadi.

Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, biroz avval spirtli mahsulot iste'mol qilgan kishilar chivinlar hujumiga ko‘p duchor bo‘lishi aniqlandi. 

Insondan ajraluvchi ter tarkibidagi sut kislotasi ham chivinlarni o‘ziga jalb qiladi. Noxush holat oldini olish uchun yoningizda nam salfetka olib yuring va zarur vaqtda terini namlantiring.

Chivin chaqishiga nisbatan reaksiya immun tizimi o‘ziga xosliklariga bog‘liq

Chivin chaqishidan achishish hissi boshqalarga nisbatan kuchliroq bo‘lishi sizni ko‘proq chaqqan degani emas. Umuman olganda, sizning tanangiz kuchliroq ta'sirlanadi.

Qichishish immun tizimining reaksiyasidir. Aslida, har qanday odamda chivin chaqishidan allergiya bor. Kimdadir u kuchliroq namoyon bo‘lsa, boshqada sezilarli emas. Hattoki, allergik reaksiyalarga qizg‘inlik vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi ham mumkin. 

Agar kuchli qichishish bezovta qilayotgan bo‘lsa allergiyaga qarshi biror dori vositasidan foydalaning. Katta ehtimol bilan, bu samara beradi.

Top