Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chivinlarga qarshi birinchi Photonmatrix lazer qurilmasi taqdim etildi
Qurilma 1 m/s tezlikda uchadigan va o‘lchami 2 dan 20 millimetrgacha bo‘lgan chivinlarni aniqlash va yo‘q qilishga qodir.

Foto: Indiegogo
Indiegogo platformasida noodatiy qurilma — chivinlarga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan Photonmatrix «zenit qurilmasi» paydo bo‘ldi. U hasharotlarni aniqlash uchun LiDAR texnologiyasidan, ularni yo‘q qilish uchun esa lazerdan foydalanadi.
Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, tizim samaradorlik va ishonchlilik bo‘yicha hasharotlarni aniqlashning an’anaviy usullaridan ustundir. Bu murakkab algoritmlarni talab qilmaydi, lekin oddiy tamoyil asosida ishlaydi: agar qamrov zonasida chivin o‘lchamidagi obekt paydo bo‘lsa, qurilma faollashadi. Agar kattaroq bo‘lsa, faollashmaydi.
Photonmatrix 1 m/s tezlikda uchadigan va o‘lchami 2 dan 20 millimetrgacha bo‘lgan chivinlarni aniqlash va yo‘q qilishga qodir. Bundan tashqari, qum pashshasi va meva chivini kabi boshqa mayda hasharotlarga qarshi ham samarali quroldir. Biroq, uning tezkor uy chivinlariga qarshi samaradorligi sezilarli darajada past, shuning uchun an’anaviy pashsha o‘ldirgichni saqlab turish yaxshiroq.
Gadjet xavfsizlik standartlariga to‘liq javob beradi va odamlar, uy hayvonlari va qushlar uchun xavf tug‘dirmaydi. Ishlab chiquvchilar shisha panelni yomg‘ir tomchilaridan himoya qilish uchun qurilmani karniz yoki soyabon ostida o‘rnatishni tavsiya qiladi. U tashqi batareya yoki portativ elektr stansiyasidan quvvatlanishi mumkin.
Mahsulot hali sinov bosqichida, shuning uchun uning bozorga chiqarilishi kafolatlanmagan. Biroq, narx allaqachon belgilangan - 446 dollar (≈ 5,5 mln so‘m). Loyiha muvaffaqiyatli yakunlansa, yetkazib berish oktyabr oyida boshlanadi. Bu yil yozda esa chivinlar tinchgina uxlashi mumkin.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»
Jahon | 00:57
-
Dang‘arada Tojikiston bilan birgalikda 10 million dollarlik sim zavodi qurilmoqda
Iqtisodiyot | 21:25 / 20.07.2025
-
Ukraina Rossiyaga muzokaralarning yangi raundini o‘tkazishni taklif qildi
Jahon | 20:47 / 20.07.2025
-
Ilhom Aliyev Ukrainani hech qanaqasiga «okkupatsiyaga rozi bo‘lmaslik»ka chaqirdi
Jahon | 20:19 / 20.07.2025
Mavzuga oid

20:09 / 20.02.2025
Filippinda o‘ldirilgan chivinlar uchun pul to‘lash boshlandi

18:03 / 14.10.2024
Shveytsariyada rekord darajada kuchli lazer yaratildi: u nimaga kerak?

11:20 / 10.05.2024
Uzbekistan Airports samolyotlarga lazer nurini yo‘naltirish holati ko‘paygani tufayli murojaat bilan chiqdi

10:32 / 20.01.2024