8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

15:00 / 30.06.2019 16187

Isroil harbiylari Falastin vazirini hibsga oldi

Foto: Twitter

Isroil harbiylari Falastinning Quddus ishlari bo‘yicha vaziri Fadi Xadmini hibsga oldi, deb xabar berdi VAFA agentligi.

Agentlikning xabariga ko‘ra, isroillik harbiylar vazirning Quddusdagi uyiga bostirib kirishgan, uning mobil telefonlarini olib qo‘yishgan va o‘zini hibsga olishgan.

Agentlikning qayd etishicha, Falastinning Quddus ishlari bo‘yicha sobiq vaziri Adnan al-Husayniy ham ilgari bir necha marta hibsga olingan.  

Xabarda aytilishicha, Isroil shuningdek, Sharqiy Quddusning falastinlik gubernatori Adnan G‘aytning shahardan chiqishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Top