8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

21:13 / 07.07.2019 4906

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning oliy ta'lim olishiga nima to‘sqinlik qilmoqda?

Oliy ta'lim muassasalarining aksariyat qismi Toshkent shahrida joylashganligi nogironligi bo‘lgan yoshlarning oliy ta'lim olishiga to‘sqinlik qilmoqda. Bu haqda RB Asia konsalting kompaniyasi Jahon banki va Oliy ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tadqiqot natijasiga asoslanib, Kun.uz muxbir xabar bermoqda.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirishi va ta'lim olishida vujudga kelayotgan to‘siqlarni aniqlash maqsadida Respublikaning turli hududlarida 6 oy davomida olib borilgan tadqiqot, hamda kollej-maktab bitiruvchilari va ota-onalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalardan ma'lum bo‘lishicha, mahalliy OTMlarida barcha yo‘nalishlarning mavjud emasligi, yoshlarning o‘z qiziqqan sohalari bo‘yicha faqatgina Toshkentga borib ta'lim olishi shartligi ularga qiyinchilik tug‘dirmoqda. 

«Natijada, nogironligi yoshlarning aksariyati o‘rta ta'lim bilan kifoyalanishga majbur bo‘lmoqda. Chunki nogironligi bo‘lgan shaxslarga doimiy g‘amxo‘rlik qiluvchi shaxslarning zarurligi tufayli, ota-onalar o‘z farzandlarini poytaxtga jo‘natishni istashmaydi», — deydi konsalting kompaniya tadqiqotchisi Muzaffar Mirzayev.

O‘tkazilgan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra, OTMga o‘qishga kirishda raqobatning kuchliligi va o‘qish uchun to‘lov-shartnoma narxining yuqoriligi ham yoshlarning ta'lim olishiga to‘sqinlik qilayotgani aniqlangan.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi PF-5270-sonli «Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida» gi farmoni bilan OTMga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan kelib chiqib nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ravishda ikki foizli kvota ajratish tartibi joriy etilgan.

Top