4ta OTMda tibbiyot fakultetlari ochiladi
Prezident «Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonini imzoladi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hujjatga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab mavjud ehtiyojdan kelib chiqib Qarshi davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti va Guliston davlat universitetida tibbiyot fakultetlari tashkil qilinadi.
Shuningdek, ularda va boshqa tibbiy oliy ta'lim muassasalarida yetakchi xorijiy tibbiyot oliy ta'lim tashkilotlari bilan qo‘shma dasturlari asosida o‘qitish tizimi joriy qilinishi belgilangan.
- Tibbiyot oliy ta'lim tashkilotlarining viloyat tibbiyot muassasalari, oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda klinik bazalari tashkil qilinadi va ularning bitiruvchi kurs talabalari ushbu klinik bazalarda o‘quv amaliyotini o‘taydi;
- Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari va tibbiyot kollejlarida oilaviy shifokorlar yordamchilarini tayyorlash tizimi joriy qilinadi. Bunda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari va takliflariga asosan texnikumlar va kollejlarda oilaviy shifokorlar yordamchilarini tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini joriy qiladi;
- Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari va tibbiyot kollejlari oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga biriktiriladi, ularning o‘quvchilari ixtisosligidan kelib chiqib ushbu muassasalarda amaliyot o‘taydi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina parlamenti AQSh bilan mineral resurslar bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qildi
Jahon | 17:20
-
Tarixda ilk marotaba qotillik qurboni sudda sun’iy intellekt yordamida gapirdi
Jahon | 17:15
-
Pokiston - Hindiston havo jangi tarixdagi eng yiriklaridan biri bo‘ldi
Jahon | 17:04
-
HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?
Jamiyat | 17:00
Mavzuga oid

18:02 / 17.04.2024
Xususiy oliy ta’lim: tijoriy manfaat va sifatli ta’lim muvozanati qanday topiladi?

00:18 / 16.11.2020
Talabalar - poytaxtning asl uysizlari

11:21 / 14.11.2020
Har bir OTMda tezkor shtab tashkil etiladi

12:23 / 13.11.2020