8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

07:55 / 09.07.2019 39915

O‘zbekistonda avtomobillar narxi oshishining oldini olish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» ishlab chiqildi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 iyul kuni avtomobil sanoatini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, prezident avtosanoat tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash hamda 1 oktyabrdan bu yerda qo‘shilgan qiymat solig‘iga o‘tish jarayonida davlat tomonidan ko‘maklashish choralarini amalga oshirish bilan bog‘liq topshiriqlar bergan. 

“Mamlakat sanoatida avtosanoatning ulushi taxminan 11 foizga teng. Shu nuqtai nazardan tegishli “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan. Unga binoan, avtomobillar narxini oshirmaslik bilan bog‘liq asosiy chora-tadbirlar ko‘zda tutilmoqda. Agar biz bu narsani ko‘rmagan taqdirda, qo‘shilgan qiymat solig‘iga o‘tish jarayonida avtomobillar narxi taxminan 13 foizga oshishi kutilayotgandi. Shu jihatdan tegishli choralar ishlab chiqildi.

Birinchidan, mahalliylashtirish masalasi. Ya'ni, bizda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni mamlakat korxonalarida tegishli ehtiyot qismlar, asbob-uskunalar bilan ta'minlash. Ikkinchidan, mahalliy yoki xorijiy ta'minlovchilar tomonidan berilayotgan ehtiyot qismlari va asbob-uskunalar tannarxini qayta ko‘rib chiqish hamda uni pasaytirish choralari. 

“Yo‘l xaritasi”ni 1 oktyabrga qadar bajarish hisobiga, shu sanadan qo‘shilgan qiymat solig‘iga o‘tishda narxlarning oshishini oldini olish maqsadiga erishamiz”, - dedi Botir Xo‘jayev.

Top