Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 8 iyul kuni avtomobil sanoatini rivojlantiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazdi.

«Mamlakatimiz avtomobilsozligi ötgan yigirma uç yil mobaynida izçil rivojlanib, içki va taşqi bozorda öz örnini topdi. Joriy yil 1 oktyabrdan imtiyozlar bekor qilinişi bilan uşbu tarmoq ham erkin bozor şaroitiga ötadi. Bu korxonalarda zamonaviy boşqaruv mexanizmlarini joriy etişni, mahsulotlarni bozorbop va raqobatbardoş qilişni talab etadi.
Joriy yilning olti oyida işlab çiqariş ötgan yilning şu davriga nisbatan 154 foizga oşib, 1 trillion söm sof foyda olingan. Qariyb 73 million dollarlik avtomobillar eksport qilingan. Içki bozorda mahalliy avtomaşinalar uluşi 97 foizga yetgan.
Bular yaxşi, albatta. Biroq, gap lokalizatsiya darajasi haqida borganda raqamlar maqtanarli emas. Bu körsatkiç yengil avtomobillar işlab çiqarişda 45 foiz, yuk avtomobillari va avtobuslarda 24 foiz, xolos», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Yiğilişda lokalizatsiya darajasini oşiriş, mahsulot tannarxini kamaytiriş orqali eksportni köpaytiriş masalalari muhokama qilindi.

«Özavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasiga umumiy işlab çiqariş hajmini 2023 yilga qadar hozirgi 250 mingdan 350 ming donaga, eksport hajmini kamida 100 ming donaga yetkaziş vazifasi qöyildi.
Buning uçun, avvalo, tarmoqda ilğor boşqaruv tizimini joriy qiliş, xorijiy konsalting kompaniyalari mutaxassislarini jalb etib, işlab çiqariş va mahsulot tannarxini optimallaştiriş zarurligi ta'kidlandi.
Eksportda bir dona yengil avtomobilning logistika xarajati narxning 8-10 foizini taşkil qilişi qayd etilar ekan, bu xarajatlarni davlat tomonidan qisman qoplab beriş böyiça vazifalar belgilandi. Xorijiy distribyutorlar bilan birgalikda eksport narxini qayta şakllantiriş va taşqi bozorlarga kafolatli çiqiş yuzasidan tavsiyalar berildi.
Bugungi kunda 5 turdagi yengil avtomobil 5ta alohida platformada işlab çiqarilayotgani ham xarajat, resurs va vaqt sarfini köpaytirib, mahsulot narxiga öz ta'sirini ötkazmoqda. Şu bois yiğilişda yagona platformada bir neça markadagi avtomobillar işlab çiqarişni yölga qöyiş böyiça körsatmalar berildi.
















