11:30 / 14.07.2019
4369

Airbus poraxo‘rlik haqidagi bob tufayli kompaniya yubileyiga bag‘ishlangan kitobini qaytarib oldi

Foto: Reuters

Airbus SE korporatsiyasi poraxo‘rlik va korrupsiya ishi bo‘yicha tergov borayotgani haqidagi bob tufayli kompaniyaning yarim asrlik yubileyiga bag‘ishlangan kitobi adadini qaytarib oldi, deb xabar berdi Bloomberg.

Agentlikning bildirishicha, kompaniya top-menejyerlari kitobning nashr etilishi tergov jarayoniga ta'sir ko‘rsatishi mumkinligidan xavotirlanishmoqda. Xususan, kitobda buyurtmalar olishda vositachilardan foydalanilganligi haqidagi bob bo‘lib, unda tilga olingan shaxslar ustidan hozirda tergov ketmoqda.

Kitobni The New York Times gazetasining sobiq jurnalisti Nikola Klark yozgan.

O‘tgan yil dekabrida AQSh adliya vazirligi Airbus kompaniyasiga nisbatan korrupsiya ishi bo‘yicha ish ochgandi. Ungacha 2016 va 2017 yillarda Buyuk Britaniya va Germaniyada ana shunday tergov ishlari o‘tkazilgan.

Top