00:04 / 15.07.2019
5597
Jokovich 5-marotaba Uimbldon g‘olibi bo‘ldi

Dunyoning ayni vaqtda birinchi raqamli erkak tennischisi Novak Jokovich faoliyatida beshinchi marotaba Uimbldon g‘olibi bo‘ldi. E'tiborlisi, u ketma-ket ikkinchi yil musobaqada zafar quchmoqda. Serbiyalik tennischi musobaqa finalida shveysariyalik tennischi Rojyer Federerni 7:6 (7:5), 1:6, 7:6 (7:4), 4:6, 12:12 (7:3) hisobida mag‘lub etdi. 
Tarixda ilk bor Uimbldonning hal qiluvchi setida tay-breyk o‘ynaldi. Ushbu qoida 2019 yildan kuchga kirib, ushbu finalda ayni muddao bo‘ldi.

Yana bir e'tiborli jihati, uchrashuv 4 soat 55 daqiqa davom etib, u erkaklar o‘rtasida yakka musobaqalarda Uimbldonning eng uzoq davom etgan finali bo‘ldi.    

Ikki tennischi o‘rtasidagi qarama-qarshilik Jokovich foydasiga 26-22 ko‘rinish oldi.

Avval Jokovich Uimbldonda 2011, 2014, 2015 va 2018 yillarda g‘alaba qozongan. E'tiborlisi, 2014 va 2015 yillardagi finalda ham u aynan Federerni mag‘lub eta olgan.

Top