14:50 / 27.07.2019
50066
Mo‘g‘ulistondan go‘sht olib kelish huquqi faqat 3ta korxonaga berilishi mo‘ljallanmoqda
Foto: 24news.mn

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Mo‘g‘uliston Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi e'lon qilingandi.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan quruq va ho‘l mevalar, meva sharbatlari hamda boshqa mahsulotlarni Mo‘g‘uliston Respublikasiga eksport qiluvchi va ushbu davlatdan go‘sht olib keluvchi korxonalar ro‘yxati ma'qullanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ushbu qarorning ilovasidagi korxonalar ro‘yxatiga tegishli o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat beriladi.

Belgilanishicha, Mo‘g‘uliston Respublikasidan olib kelinadigan go‘sht va go‘sht mahsulotlari hisobidan:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi davlat zaxirasi uchun qabul qiladi;

respublika budjet tashkilotlari, ijtimoiy soha va maxsus obektlarning ehtiyoji ta'minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi davlat zaxirasi uchun go‘sht qabul qilish yuzasidan ilovaga muvofiq korxonalar bilan Mo‘g‘uliston Respublikasidan go‘sht olib kelish bo‘yicha shartnomalar tuzadi.

Moliya vazirligi Mo‘g‘uliston Respublikasidan olib kelinib respublika budjet tashkilotlari, ijtimoiy soha va maxsus obektlarga yetkazib berilgan hamda davlat zaxirasiga qabul qilingan go‘sht va go‘sht mahsulotlari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshiradi.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq 2019 yil 1 avgustdan boshlab ikki yil muddatda Mo‘g‘uliston Respublikasiga mahsulotlarni eksport qilish hamda import uchun sarflangan transport xarajatlarining 50 foizi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 

Belgilab qo‘yilishicha, Mo‘g‘uliston Respublikasidan import qilinadigan go‘sht va go‘sht mahsulotlariga 10 foizdan yuqori bo‘lmagan ustama belgilashga ruxsat etiladi.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan quruq va xo‘l mevalar, meva sharbatlari hamda boshqa mahsulotlarni
Mo‘g‘uliston
Respublikasiga eksport qiluvchi va ushbu davlatdan go‘sht olib keluvchi korxonalar RO‘YXATI

Top