Qizil göşt

Temirning ikki turi mavjud: gem temir (hayvon göştida) va nogem temir (ösimliklarda). Organizmdagi söriliş darajasi böyiça ularda farq juda katta: gem temirning özlaştirilişi 15–35% bölsa, ösimlik temirida bu körsatkiç 5–10% atrofida. Şu bois, qizil göşt kamqonlikning asosiy “dori”laridan biri sanaladi. Haftasiga 2–3 marta iste’mol qiliş gemoglobin tiklanişiga sezilarli yordam beradi.

Qaysi göşt samaraliroq?

  • mol göşti;
  • qöy göştining yoğsiz qismi;
  • mol yuragi (ham temirga, ham B12 ga boy).

Jigar

Jigar inson organizmi uçun eng foydali oziq-ovqat mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Uning tarkibi yuqori biologik qiymatga ega bölib, ayniqsa, qon hosil böliş jarayoni uçun muhim sanalgan bir qator vitamin va minerallarni öz içiga oladi.

Jigar gem temirga boy, bu temir turi organizm tomonidan 20–30% gaça samarali söriladi. Temir qondagi gemoglobinning yetarli darajada hosil bölişini ta’minlaydi va kamqonlikning oldini oladi. Şu bilan birga, jigar B12 vitamini manbalaridan biri sifatida ham qadrlanadi. Bu vitamin qon hujayralari hosil bölişi, asab tizimi faoliyatini qöllab-quvvatlaş va energiya metabolizmini tartibga solişda muhim rol öynaydi.

Bundan taşqari, jigar tarkibidagi folat (B9 vitamini) hujayralarning bölinişi, genetik material sintezi va homiladorlik davrida çaqaloqning soğlom rivojlanişi uçun zarur hisoblanadi. Şifokorlar kamqonlikning oldini oliş va organizmni zarur vitamin va minerallar bilan ta’minlaş maqsadida jigarni haftasiga 1–2 marta iste’mol qilişni tavsiya qiladi. Bu miqdor soğlom odamlar uçun yetarli bölib, jigar tarkibidagi foydali moddalarni tanaga samarali yetkazadi.

Lavlagi

Lavlagi temirning asosiy manbai hisoblanmasa-da, undagi folat, kaliy va nitratlar qondagi kislorod taşiş jarayonini yaxşilaşda muhim rol öynaydi: qon aylanişini qöllab-quvvatlaydi, yurak faoliyatini yaxşilaydi va umumiy salomatlikni mustahkamlaydi.