9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

23:02 / 07.08.2019 54462

Toshkent shahrida bolalarni maktablarning 1-sinfiga qabul qilishda pul undirilmaydigan bo‘ldi

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 avgustdagi «Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamentiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi №651-sonli qarori qabul qilindi.

Hukumatning ushbu qaroriga ko‘ra, 2019 yil 7 iyundagi 469-sonli qaror bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamentiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Jumladan Ma'muriy reglamentga quyidagicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan:

Asosiy kvota — tuman (shahar) hokimliklari tomonidan umumta'lim muassasalariga biriktirilgan mikrohududda istiqomat qilayotgan fuqarolarning maktab yoshidagi farzandlari, otasi yoki onasi I guruh nogironi bo‘lgan hamda yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sonini inobatga olgan holda shakllantiriladi.

Qo‘shimcha kvota — umumta'lim muassasalarining imkoniyatidan kelib chiqib, tegishli mikrohudud bo‘yicha asosiy kvotaga tushmagan bolalar uchun ajratiladi.

Bolalarni umumta'lim muassasalariga qabul qilishda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.

Bolalarni umumta'lim muassasalariga asosiy kvota bo‘yicha qabul qilish reglamentning ilovasida keltirilgan sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.

Bolalarni umumta'lim muassasalariga qo‘shimcha kvota bo‘yicha qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq belgilangan umumiy talablar asosida tegishli umumta'lim muassasalari direktorlari tomonidan amalga oshiriladi.

Top