19:46 / 15.08.2019
19633
UYeFA Yevropaning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar uchligini e'lon qildi
Foto: Michael Regan/Getty Images

Yevropada 2018/19 mavsumining eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da'vogarlar e'lon qilindi.

Nomzodlar uchligidan «Liverpul» himoyachisi Virjil van Deyk, «Barselona» hujumchisi Lionel Messi va «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu joy olgan.

4-10 o‘rinlar egalari quyidagilar:

4. Alisson Beker («Liverpul») – 57 ochko
5. Sadio Mane («Liverpul») – 51
6. Muhammad Saloh («Liverpul») – 49
7. Eden Azar («Chelsi» - hozir «Real») – 38
8= Matteys de Ligt («Ayaks») – 27
8= Frenki de Yong («Ayaks») – 27
10. Rahim Sterling («Manchester Siti») – 12

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili mazkur e'tirofga «Real» yarimhimoyachisi Luka Modrich loyiq ko‘rilgan edi. Undan oldingi 4ta mavsumdan 3tasida mukofot Krishtianu Ronalduga berilgan:

2010/11: Lionel Messi
2011/12: Andres Inesta
2012/13: Frank Riberi
2013/14: Krishtianu Ronaldu
2014/15: Lionel Messi
2015/16: Krishtianu Ronaldu
2016/17: Krishtianu Ronaldu
2017/18: Luka Modrich

2011 yilda ta'sis etilgan sovrinni qo‘lga kiritgan futbolchilardan faqat bir nafari – Frank Riberi ispan klubi a'zosi emasdi.

Bugun UYeFA, shuningdek, turli nominatsiyalar bo‘yicha o‘tgan mavsum laureati bo‘lishga nomzodlarni ham ma'lum qildi.

Chempionlar ligasi bo‘yicha boshqa yo‘nalishlardagi nominantlar quyidagilar:

«Mavsumning eng yaxshi darvozaboni»: Alisson Beker, Ugo Loris, Mark-Andre ter Shtegen

«Mavsumning eng yaxshi himoyachisi»: Trent Aleksander-Arnold, Matteys de Ligt, Virjil van Deyk

«Mavsumning eng yaxshi yarimhimoyachisi»: Frenki de Yong, Kristian Eriksen, Jordan Henderson

«Mavsumning eng yaxshi hujumchisi»: Sadio Mane, Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu

«Mavsumning eng yaxshi ayol futbolchisi: Lyusi Bronz, Ada Hegerberg, Amandin Anri (uchalasi ham «Lion» a'zosi)

Shuningdek, Yevropa ligasida mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar uchligi ham ma'lum: Olive Jiru, Eden Azar, Luka Yovich.

YeChL nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar 29 avgust kuni Monakoda, musobaqaning yangi mavsumi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimida ma'lum qilinadi.

30 avgustda esa Yevropa ligasining o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi taqdirlanadi.

Ma'lumot uchun, UYeFA bir hafta oldin yevrofutbolning 2018/19 mavsumidagi eng yaxshi golini e'lon qilgan edi.

Top