
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan “Uzbekistan Airpors” AJga respublikaning xalqaro aeroportlari takliflariga ko‘ra:
aeroport tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar (O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan aviakompaniyalarga ko‘rsatiladigan xizmatlardan tashqari) uchun stavkalar hamda yig‘imlarni belgilash va o‘rnatish;
aeroportning aviatsiya yonilg‘isi va yoqilg‘i-moylash materiallarini saqlash uchun zaruriy infratuzilmani kengaytirish va modernizatsiya qilish;
mahalliy yoki xorijiy yuridik shaxslar bilan tanlov asosida aviatsiya yonilg‘isi va yoqilg‘i-moylash materiallarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar, shuningdek, ularni mamlakatning xalqaro aeroportlariga reyslarni, shu jumladan, tranzit reyslarni amalga oshiruvchi mahalliy yoki xorijiy aviakompaniyalarga sotish bo‘yicha shartnomalar tuzish huquqi beriladi.