Namangan viloyati Pop tumani Guliston qişloğida tadbirkorlar barpo qilgan osma köpriklar va ekstremal attraksionlar buzib taşlanmoqda. Rasmiylarga köra, bu inşootlar tegişli hujjatlarsiz qurilgan. Vaholanki, loyiha mahalliy mas’ullarning öz qöllovi bilan qilingan va şunça yil faoliyat yuritib kelgan edi.
Kun.uz'ga murojaat qilgan tadbirkorlarning aytişiça, mas’ul idora va taşkilot vakillari attraksionlar sabab iş örni yaratilgani, turistlar oqimi ortgani, ekstremal turizm rivojlangani töğrisida OAVda köp marta çiqişlar qilgan.
Hokimlik va boşqa taşkilotlar köngiloçar inşootlarning qurilişi uçun boş-qoş bölgan.

Salkam 100 mlrd sömlik loyiha
“Bir neça yil avval Guliston qişloğida turizmni rivojlantiriş maqsadida tadbirkorlarga toğ tepasida osma köpriklar, ziplaynlar, umuman olganda köngiloçar maskanlar quriş taklif qilingan. Bunga asosan Pop ixtisoslaştirilgan davlat örmon xöjaligi tomonidan biz tadbirkorlar 674-sonli ijaraga şartnomasi rasmiylaştirib, quriliş işlarini boşlaganmiz. Qişloqning işsiz odamlarini iş bilan ta’minladik. Endilikda esa ularni buzişga tuşişdi. Qurayotganimizda qayerda edi ular?! Buzişlarini avvaldan bilganimizda qurmas edik.

Sud yoki vakolatli organlarning qarorisiz buziş işlari amalga oşirilyapti. Köngiloçar inşootlar 2017 yildan 2025 yilgaça qurilgan va ayni paytda ham ayrim joyda quriliş işlari davom etayotgan edi. Hududda salkam 100 mlrd sömga yaqin qurilişlar amalga oşirilgan, 500 dan ortiq iş örinlari yaratilgan, YaTTlar röyxatdan ötkazilgan, soliqlar vaqtida tölangan. Biroq me’yoriy huquqiy hujjatlari mavjud emas degan sabab bilan buzilyapti. Zarar miqdori juda katta.
Heç bir taşkilot qurilmalarni qonuniylaştiriş yölidan yurmayapti. Attraksionlar qurilayotganda barça mas’ul idora va taşkilotlar doimiy ravişda xabar olgan. Tegişli taşkilotlar qurilişlar sabab iş örni yaratilayotgani, turistlar oqimi ortgani, boşqa ekstremal turizm rivojlangani töğrisida ommaviy axborot vositalarida, televideniyelarda juda köp marotaba çiqişlar qilişgan”, – deydi murojaatçi.










