15:41 / 17.08.2019
55183
Mo‘g‘ulistondagi cho‘lda do‘l ko‘rinishidagi noyob hodisa qayd etildi
Foto: Baikal-daily

Buryatiyalik olimlar Mo‘g‘ulistondagi cho‘lda g‘ayrioddiy hodisani videoga tushirishdi, deya xabar bermoqda Baikal-daily.

Rossiya Fanlar akademiyasining Sibir filiali Baykal tabiatdan foydalanish institutining ekspeditsion jamoasi Mo‘g‘ulistonda keng qamrovli tadqiqotlar olib bormoqda. Institutdan xabar qilishlaricha, 13 avgust kuni olimlar Dornogov tumanida ishlashgan. Otryad a'zolari Gobi cho‘li uchun juda noyob hodisa - do‘l ko‘rinishidagi yog‘ingarchilikni qayd etishdi.

Foto: Baikal-daily

Yog‘ingarchilik qatlami taxminan 100 mm.ga tashkil qilgan. Ushbu hodisa natijasida sel toshqinlari paydo bo‘ldi. Olimlar ro‘y berayotgan holatni videoga tushirishga ulgurishgan.

Top