11:29 / 23.08.2019
1328
Senatorlar «Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunni muhokama qilishdi

Senatning XXI yalpi yalpi majlisida «Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni loyihasi senatorlar tomonidan muhokama qilindi. Ayollar zo‘ravonligiga butkul barham berishda davlat idoralari qanday chora-tadbirlarni qo‘llash lozimligi mas'ullar o‘rtasida tahlil qilindi. 

Davlat statistika qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Bahodir Mirusmonov bu bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar haqida ma'lumot berdi.

«Davlat statistika qo‘mitasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi va boshqa vazirliklar bilan hamkorlikda BMTning statistika komissiyasi tavsiyasiga ko‘ra, 50dan ortiq gender ko‘rsatkichlarini shakllantirish vazifasi qo‘yilgan va ular gender.stat.uz saytiga kiritiladi. Hozir saytni to‘liq ishga tushirish bo‘yicha ishlar olib borilyapti. Vakolatli vazirliklar o‘rtasida ma'lumotlarni almashish bo‘yicha tartib ishlab chiqiladi. 54ta minimal gender ko‘rsatkichlaridan 33tasi  statistika qo‘mitasi tomonidan shakllantiriladi. Qolgan 21ta ma'lumotni boshqa vazirlik-idoralar, jumladan, Ichki ishlar vazirligi ishlab chiqadi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda  muxbiri.

Mirusmonovning qo‘shimcha qilishicha, hozir ushbu tartib iishlab chiqilib tasdiqlandi. Qonun qabul qilinganidan keyin qonun talablaridan kelib chiqqan holda, tartib qaytadan ko‘rib chiqiladi.

Top