21:14 / 30.08.2019
0
12097

Dushanbeda Markaziy Osiyodagi eng katta akvabog‘ga ega ko‘l ochildi

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Dushanbe meri Rustam Imomali 30 avgustda Dushanbening Ismoil Somoniy tumanida rekonstruksiya qilingan dam olish majmuasi “Dushanbe” ko‘lini ochishdi. 

Prezident matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, ochilish marosimidan keyin prezident ko‘ldagi ish sharoitlari bilan tanishib chiqqan. Ko‘l hududida do‘konlar, restoran, basseynlar, akvabog‘, 50 turdagi jonzot saqlanadigan hayvonot bog‘i, sport bilan shug‘ullanish, hordiq chiqarish uchun turli obektlar joylashgan.   

Majmua 17 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, kuniga 5 minggacha kishini qabul qilishi mumkin. Ko‘lning maydoni 6,5 gektarni egallaydi. 

Shuningdek, 2,6 gektar maydonda Markaziy Osiyodagi eng katta deb e'tirof etilayotgan akvabog‘ joylashgan bo‘lib, unda 16 ta suv attraksioni mavjud.  

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top