Qoraqalpoğistondagi Jiltirbas köli xalqaro ahamiyatga ega bölgan suvli-botqoqli yerlar röyxatiga kiritildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vaziri Aziz Abduhakimov Samarqandda bölib ötayotgan CMS COP14 xalqaro konferensiyasi doirasidagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Ramsar konvensiyasi kotibiyati bizga Özbekistonning beşinçi tabiiy obekti – Qoraqalpoğistondagi Jiltirbas kölini xalqaro ahamiyatga ega bölgan suvli-botqoqli yerlar röyxatiga kiritilgani töğrisidagi sertifikat berdi. Yaqinda röyxatga törtinçi obekt – Sudoçe köllari tizimi kiritilganini hisobga olsak, bu barçamiz uçun katta voqea”, deya ta’kidlagan Aziz Abduhakimov.

Vazirga köra, beşinçi obektni Ramsar röyxatiga kiritiş böyiça işlar Ekologiya vazirligi tomonidan 1,5 yil davomida amalga oşirilgan, tabiiy obektning özi 15 yil davomida örganilgan.

Ma’lum qilinişiça, Jiltirbas köli — Orol dengizining sobiq qöltiği. Dengiz sathi keskin pasaygaç, u ajralib çiqqan. Köl tabiiy manba - Amudaryo suvlari bilan oziqlandi, bu esa Janubiy Orol dengizining mahalliy faunasini saqlab qolgan. Sönggi yillardayoq qöşimça suğoriş kanallari qazilgan bölib, ular faqat suv sathini faunaning özgarişiga ta’sir qilmasdan uşlab turadi. Köl mintaqadagi Orol dengizining qurigan tubida hosil böladigan tuz va çang böronlarini uşlab turuvçi tösiqlardan biri hisoblanadi.

Orolböyi mintaqasida Jiltirbas xalqaro miqyosda kam uçraydigan quşlar uçun ham, Örta Osiyo çöllarining biologik xilma-xilligi, şu jumladan ziç qamiş va butalar, şör botqoqliklar, kanallar va çöllar uçun ham uya quriş va migratsiya davrlarida katta ahamiyatga ega. Bundan taşqari, köl Orolböyi hududiga xos noyob baliq turlarining yaşaş joyi hisoblanadi.

Eslatib ötamiz, bugunga qadar Özbekistonning 4 obekti – Dengizköl köli (2001), Arnasoy köllar tizimi (2008), Tödaköl va Quyimozor suv omborlari (2020) hamda Sudoçe köllari tizimi xalqaro ahamiyatga ega bölgan Ramsar suvli-botqoqli yerlar röyxatiga kiritilgandi. Bu hududlarning umumiy maydoni 674,4 ming gektarni taşkil etadi.