00:11 / 30.08.2019
0
16860
Xiaomi 64 Mpli kameraga ega dunyodagi ilk smartfon Redmi Note 8 Pro’ni taqdim qildi
Foto: Sohu.com

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi asosiy kamerasi 64 Mpli dunyodagi ilk smartfon Redmi Note 8 Pro’ni taqdim qildi. 

O‘rtacha narx segmentiga tegishli smartfon 6,55-dyuymli FullHD-displey, MediaTek Helio G90T protsessori, 6 yoki 8 Gb tezkor xotira hamda 64 yoki 128 Gb asosiy xotira olgan. Smartfon batareyasi sig‘imi 4500 mA-soatni tashkil qiladi. 

Qurilmaning asosiy kamerasi 4 ta moduldan, jumladan 64 Mp li Samsung GW1, 8 Mpli o‘ta keng burchakli va 2 ta 2 Mpli modullardan tashkil topgan. Qurilmaning old tomonida 20 Mpli kamera joylashgan. 

Shuningdek, kompaniya Redmi Note 8 smartfonini taqdim qilgan. Qurilma 6,3 dyuymli FullHD-displey, Qualcomm Snapdragon 665 protsessori va 4 ta moduldan iborat asosiy kamera olgan. Unda 64 Mpli modul 48 Mpli modul bilan almashtirilgan. Qurilmaning old kamerasi 13 Mpli bo‘lib, batareyasi sig‘imi 4000 mA-soatni tashkil qiladi.  

Qurilmalar Xitoy bozoriga sentabr boshida, keyinroq Hindistonda sotuvga chiqadi. Qolgan davlatlarda sotuvga chiqarilishi bo‘yicha ma'lumot berilmagan. Note 8 narxi 140 dollardan, Note 8 Pro’niki esa 195 dollardan boshlanadi.

Video: YouTube

 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top