00:32 / 01.09.2019
0
4400
Lionda pichoq bilan qilingan hujum oqibatida to‘qqiz kishi jabrlandi
Foto : AFP 2019 / Philippe Desmazes

Fransiyaning Lion shahri chegarasida pichoq bilan qilingan hujum oqibatida to‘qqiz kishi jabrlandi. Bu haqda Europe 1 radiostansiyasi xabar berdi.

Avvalroq olti kishi yaralangani va bir kishi vafot etgani xabar qilingandi.

Hodisa Liondagi Villyorban kommunasida sodir bo‘lgan. Politsiya hujum qilgan shaxsni qo‘lga olgan, hujumga aloqadorlikda gumon qilingan yana bir kishi qidirilmoqda.

Hujumga nima sabab bo‘lgani hozircha ma'lum qilinmagan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top