16:10 / 11.09.2019
13
50868
Super-kontrakt bo‘yicha qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

Ta'lim krediti oshirilgan kontrakt (super-kontrakt) asosida o‘qiydiganlar uchun ham ajratilishi kutilmoqda. Bu haqida Oliy ta'lim vazirligi mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma'lumot berildi.

Oliy ta'lim vaziri o‘rinbosari Sarvar Buzrukxonovning so‘zlariga ko‘ra, talabalarga kontrakt to‘lovini to‘lashda qulaylik yaratilishi uchun beriladigan ta'lim krediti oshirilgan kontrakt asosida o‘qiydiganlar uchun ham tatbiq etilishi mumkin.

Shuningdek, ta'lim kreditini olishdagi muammolar bo‘yicha ham munosabat bildirildi.

«Ta'lim kreditini ajratishda banklar tomonidan to‘siqlar bo‘lmasligi kerak. Talaba qaysi bosqichda o‘qishiga qarab kredit berish degan narsa yo‘q. Agar talabalar kredit olish masalasida qiyinchilikka duch kelsa, biz Markaziy bankka murojaat qilib, talabaning manfaatini himoya qilamiz», deydi Sarvar Buzrukxonov.

Anjumanda ma'lum qilinishicha, oshirilgan kontraktlar uchun bir qator qulayliklar joriy qilinishi kutilmoqda. Yaqin orada yangi qulayliklar haqida ma'lumot beriladi.

Oshirilgan kontrakt uchun ham stipendiyali va stipendiyasiz to‘lov joriy qilinadi. Oshirilgan kontrakt miqdorini belgilashda stipendiyasiz kontrakt - 6 million 200 ming so‘m asos qilib olinadi.

Bundan avvalroq, super-kontraktni ikkiga bo‘lib to‘lash mumkin bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, super-kontrakt narxlari arzonlashishi kutilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top