Davlat OTMda 2023/2024 öquv yili uçun bakalavriat ta’lim yönalişlari (magistratura mutaxassisliklari) böyiça bir talabani tölov-kontrakt şaklida bir yillik öqitiş qiymati miqdorlari tasdiqlandi.

Yönalişlar böyiça tölov-kontrakt miqdorlarining pdf şaklini bu yerdan köriş mumkin.

Şuningdek, 2023/2024 öquv yili super-kontrakt miqdori ham 2022/2023 öquv yili uçun belgilangan miqdorlarda özgarişsiz qoldi.

Super-kontrakt miqdorlarini pdf şaklida bu yerdan yuklab oliş mumkin.

Amaldagi qonunga köra, töplagan ballari tasdiqlangan tölov-kontrakt böyiça qabul kvotalari çegarasiga:

  • 1 ballgaça yetmagan abituriyentlar uçun — 1,5 barobar;
  • 1,1 balldan 2 ballgaça yetmaganlar uçun — 2,0 barobar;
  • 2,1 balldan 3 ballgaça yetmaganlar uçun — 2,5 barobar;
  • 3,1 balldan 4 ballgaça yetmaganlar uçun — 3,0 barobar miqdorida tölov qilib öqişi mumkin.

Minimal balldan (bu yil 56,7 ball) kam töplamagan, lekin qabul kvotasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan abituriyentlar uçun yönalişlariga qarab super-kontrakt miqdori bazaviy kontraktning bir neça barobari körinişida belgilanadi. 

Masalan, ötgan 2022 yilgi miqdorda pedagogika yönalişi uçun belgilangan kontraktning 8 baravari 10 foizlik çegirma bilan (46,1 mln söm), yurisprudensiya yönalişiga esa bazaviy kontraktning 25 baravari (220,7 mln söm) etib belgilangan.     

Ya’ni agar abituriyent 56,7 balldan köp töplagan, biroq ötiş balliga 4,05 balldan köproq yetmay qolgan bölsa, unda şunaqa miqdordagi pulni tölab talaba böliş imkoniga ega böladi.