08:30 / 22.09.2019
3
40117

Bahodir Jalolov jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi bo‘ldi

9-21 sentabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida havaskorlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Turnirda 8 vazn toifasida medallar uchun kurash kechdi va yakunda O‘zbekiston boks terma jamoasi 3ta oltin, 1ta kumush va 1ta bronza medal olgan holda birinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston boks terma jamoasiga umumiy hisobda ustunlik keltirgan uchinchi oltin medalni eng og‘ir vazn toifasida (+91 kg) qozog‘istonlik Qamshibek Qonqabayevni mag‘lub etgan Bahodir Jalolov qo‘lga kiritdi.

Ushbu bokschi turnir tashkilotchilari tomonidan jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi.

Bahodir Jalolov turnirdagi ishtirokini nimchorak finalda boshlagan va dastlabki jangda ukrainalik Tsonte Rogavani mag‘lub etgandi. U chorak finalda amerikalik Richard Torresni nokautga uchratdi, yarim finalda rossiyalik Maksim Babaninga imkoniyat qoldirmasdan finalga chiqqandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top