Yozgi Olimpiya öyinlarida Özbekiston boks jamoasi 5 ta oltin medal qölga kiritib, uşbu sport turida umumjamoa hisobida 1-örinni egalladi.
Bellaşuvlarni yakunlab bergan +92 kg vaznda Bahodir Jalolov ispaniyalik Ayub Gadfani ikki bor nokdaunga tuşirdi va 5:0 hisobida ğalaba qozonib, ikki karra Olimpiada çempioniga aylandi. Surxondaryolik boksçi Tokio-2020da ham tengsiz bölgandi.
Eslatib ötamiz, avvalroq -51 kg vaznda Hasanboy Dösmatov va taekvondoda -68 kg vaznda Uluğbek Raşitov ham ikki karra Olimpiya öyinlari ğolibligini qölga kiritişgandi.
Şu tariqa Parij Olimpiadasi yakuniga bir kun qolganida, Özbekiston medallarini 13 taga (8 oltin, 2 kumuş va 3 bronza) yetkazib, 13-öringa çiqib oldi.

















