2025 yil 6 fevral kuni Kanadaning Monreal şahrida professional boks oqşomi taşkil etiladi. Unda superoğir vazn toifasida Bahodir Jalolov ham ringga kötariladi. Unga fransiyalik Devid Spilmont raqiblik qiladi, deb xabar berdi Özbekiston professional boks federatsiyasi.

Bahodir Jalolov professional boksdagi faoliyati davomida hozirga qadar 14 ta jang ötkazib, barçasida ğalaba qozongan. Sönggi jangini 2023 yil 17 noyabr kuni Toşkentda JAR vakili Kris Tompsonga qarşi ötkazib, ilk raunddayoq nokaut orqali zafar quçgandi.

Uning bölajak raqibi Devid Spilmont şu kungaça 27 ta jang ötkazib, 16 ğalaba, 8 mağlubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Ğalabalarining 11 tasini nokaut orqali qölga kiritgan.

Şu bilan birga, boks oqşomida özbekistonlik Artur Biyarslanov va fransiyalik Muhammad Mimun örtasida ham jang bölib ötadi.