Parij-2024 boks bahslarining sönggi final uçraşuvi Bahodir Jalolov va ispaniyalik Ayub Gadfa örtasida bölib ötgaç, özbekistonlik boksçi muhim qarorini rasman e’lon qildi.
Bahodir Jalolov ikki karra Olimpiada çempioni bölgaç, havaskor boksdan professionalga ötganini ma’lum qildi. U Olimpiadadagi sönggi jangidan keyin libosini yeçib, ringda qoldirdi.
«InşaAlloh, profi boksda ham mutlaq jahon çempioni bölaman va barçaning işonçini oqlayman», - dedi u.
Eslatib ötamiz, Bahodir sönggi uçta Olimpiada – Rio-2016, Tokio-2020 va Parij-2024da iştirok etib, Yaponiya va Fransiyadagi turnirda ikki karra Olimpiya Öyinlari ğolibiga aylandi. U şuningdek, ikki karra jahon çempioni sanaladi.
Ma’lumot uçun, Yozgi Olimpiya öyinlarida Özbekiston boks jamoasi 5 ta oltin medal qölga kiritib, uşbu sport turida umumjamoa hisobida 1-örinni egalladi.

















