11:20 / 25.09.2019
0
4322

Nuriddinjon Ismoilov Yevrosiyo mamlakatlari parlamentlari spikerlarining 4-yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddinjon Ismoilov boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tgan Yevrosiyo mamlakatlari parlamentlari spikerlarining “Katta Yevrosiyo: Muloqot. Ishonch. Hamkorlik” mavzusidagi 4-yig‘ilishida ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Yevrosiyo mamlakatlari parlamentlari Spikerlari yig‘ilishi 2016 yildan beri har yili an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinadi.

Bu yilgi anjumanda 70 dan ziyod xorijiy delegatsiya, shuningdek, 25 ga yaqin Spiker, shu jumladan, Xitoy, Rossiya, Turkiya va boshqa davlatlarning parlament rahbarlari ishtirok etdi.

Mazkur tadbirning o‘tkazilishidan asosiy maqsad xalqaro maydonda umumiy manfaatlarni himoya qilish asosida Yevrosiyo mamlakatlari o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishdan iboratdir.

Jamiyat hayotining barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda mamlakat taraqqiyotining muhim hujjati — Harakatlar strategiyasining mazmuni-mohiyati, maqsadi, shuningdek, keyingi yillarda erishilgan yutuqlar va istiqbolga mo‘ljallangan hamkorlikdagi rejalarni tadbir ishtirokchilarining e'tiboriga yetkazish O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasining ushbu uchrashuvdagi ishtirokining asosiy maqsadi hisoblandi, deyiladi parlament xabarida.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top