Ma’lum bölişiça, Sobit Şontakboyev11 may kuni ertalab 10:30lar atrofida işga ketayotganda, uyi hovlisida odamlar gavjum bölib turganini payqagan. 8-qavatda qizça osilib qolganini körgaç, darhol uni qutqarişga şoşilgan va 7-qavatda yaşovçi qöşnisining uyiga çiqqan. Şu yerdan derazaga çiqib, qizçani qutqarib qolişga muvaffaq bölgan.

Voqea tasvirga olingan video tarqalgaç, qozoğistonliklar Sobitga öz minnatdorçiliklarini bildirişgan.

Keyinroq Favqulodda vaziyatlar vazirligida Sobit Şontakboyevga “Tөtenshe jağdaydağy yerlіgі үshіn” (Favqulodda vaziyatda körsatgan qahramonligi uçun) kökrak nişoni topşirilgan.

Poytaxt hokimi Altay Qölginov Sobitga uni iş bilan ta’minlaş, oilasini poytaxtga köçirişga yordam beriş va kreditlarini tölaşda yordamlaşiş uçun homiylar topişda kömaklaşişga va’da bergan. Bundan taşqari, Sobitga 3 xonali xonadon, qizni qutqarişda unga kömaklaşgan hamrohiga esa 2 xonali xonadon berilgan.

“Hozirgina uç xonali kvartira bergan quriliş kompaniyasi ofisidan hujjatlarni töldirib çiqdim. Menga yordam bergan döstimga ham ikki xonali kvartira berilyapti. Hozir hujjatlar tayyorlanmoqda”, – degan Sobit Şontakbayev Tengrinews.kz muxbiri bilan suhbatda.

Sabitning aytişiça, unga Qozoğistonning turli hududlaridan, u tanimaydigan odamlar ham qönğiroq qilib minnatdorçilik bildirişmoqda.

Sobit Nur-Sultonga Qizilördadan kelgan. Quruvçi bölib işlaydi, tört farzandi bor.