Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Qozoğiston poytaxti Nur-Sultonga Ostona nomini qaytariş töğrisidagi farmonini imzoladi. Şuningdek, u şanba kuni mamlakat qonunçiligiga tuzatişlar kiritiş töğrisidagi qonunni ham tasdiqladi - bu tuzatişlar poytaxt nomini özgartiriş imkonini beradi.

«Qozoğiston Respublikasi poytaxti Nur-Sulton şahri nomi - Qozoğiston Respublikasi poytaxti Astana deb özgartirilsin. Uşbu farmon e’lon qilingan kundan kuçga kiradi», deyiladi Töqayev saytida e’lon qilingan hujjat matnida.

Qozoğiston poytaxti Ostona nomi uç yil oldin Nur-Sulton deb özgartirilgan edi. Endilikda şaharga avvalgi nomini qaytariş ğoyasi parlament deputatlari tomonidan ilgari surildi, uni prezident Qosim-Jömart Töqayev va Konstitutsiyaviy kengaş qöllab-quvvatladi va özgariş Konstitutsiyada mustahkamlandi. Şu tariqa, şahar 1992 yildan beri törtinçi marta nomini özgartirmoqda.

Akmolinsk (1832-1961). 1832 yilda Rossiya imperiyasi tomonidan Işim (Yesil) daryosi böyiça kiçik qal’a-istehkom qurildi. Unda kiçik harbiy otryad joylaştirildi. Ular hududni va yöllarni qaroqçilardan himoya qilişi kerak edi.

Akmolinsk hududning Oqmöla nomidan olingan. Bu nom qadimgi hun tilidan kelib çiqqan bölib, oq qal’a ma’nosini anglatadi. Qadimda bu joylarda hunlar oq toşlar va pişgan ğiştdan turli istehkomlar, kiçik qal’alar, maqbaralar barpo etişgan. Ular Yesil va Nura daryolari böyiga qurilgan va uzoqdan közga taşlanib turgan. Ulardan biri Qoraötkelda (hozirgi Ostona şahri örnida) bölgan.

Akmolinsk qal’asi Rossiyadan Osiyoga olib boradigan savdo yöllari çorrahasida joylaşgani tufayli tezda kengayib boradi. 1862 yilda u şahar maqomini oladi. 4 yil ötgaç, Akmola viloyati paydo böldi. 1910 yilga kelib, şaharda 13 ming aholi yaşar edi.

Tselinograd (1961-1992). Sovetlar davrida Oqmöla viloyati qöriq yerlarni özlaştiriş böyiça işlab çiqilgan keng kölamli dasturning asosiy yönalişlaridan biriga aylandi. 1953-1958 yillarda hududga 270 ming kişi köçib bordi va u qişloq xöjaligining yirik markaziga aylandi. 1960 yilda şahar nomi Tselinnaya ölkasi (böz, qöriq yerlar ölkasi) deb özgartirildi, Akmolinsk esa Tselinograd nomini oldi.