Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev parlament deputatlarining mamlakat poytaxti nomini Ostona deb qayta nomlaş böyiça bildirgan taklifini qöllab-quvvatladi. Bu haqda Töqayevning matbuot kotibi Ruslan Jyeldibay feysbukdagi sahifasida xabar qoldirgan.
«Prezidentga deputatlarning bu boradagi taşabbusi haqida ma’lumot berildi, bu taşabbus, öz navbatida aholi bilan uçraşuvlarda bildirilgan takliflar, şuningdek fuqarolarning referendum vaqtidagi köp sonli murojaatlariga asoslangan. Parlamentariylar taklifi davlat rahbari roziligi bilan Konstitutsiyaviy qonun muhokamasiga kiritilgan», degan u.
Qozoğiston prezidenti matbuot kotibining ta’kidlaşiça, Töqayev «Nursulton Nazarboyevning Qozoğistonning zamonaviy davlatçiligini mustahkamlaş va poytaxtni taşkil etişdagi hal qiluvçi rolini tarixiy fakt deb biladi». Uning qöşimça qilişiça, prezident Nazarboyevning nomi berilgan boşqa obektlar öz nomini saqlab qolişi kerak deb hisoblaydi.
Qozoğiston poytaxti nomi 2019 yil martida, Töqayev özining inauguratsiya nutqida tegişli taklifni ilgari surişi ortidan Ostonadan Nur-Sultonga özgargandi.
Qozoğiston poytaxti Ostona nomini 1998 yilda olgan. Unga qadar şahar 1992 yildan buyon Oqmola nomida bölgan va bu vaqtda poytaxt şahar emasdi, Qozoğiston mustaqillikka erişganida Olma-Ota şahri poytaxt edi. 1992 yilga qadar Oqmola şahri Tselinograd (1961 yildan) deb atalgan, undan oldinroq esa Akmolinsk nomida bölgan.
- Nursulton Nazarboyev Qozoğistonning ilk prezidenti bölgan. U bu lavozimni 1991 yil dekabrida 2019 yil martiga qadar egallagan. Nazarboyevning örniga hokimiyat tepasiga Töqayev kelgan. Prezidentlikdan ketgaç Nazarboyev Qozoğiston Xavfsizlik kengaşi raisi bölib qolgan, uning qarindoşlari esa rahbarlik lavozimlarida işlaşda davom etgan.
- 2022 yil yanvarida Qozoğistonda gaz narxi kötarilişiga qarşi namoyişlardan boşlangan keng kölamli tartibsizliklar bölib ötdi. Töqayev namoyişlarni bostiriş uçun KXŞT kuçlarini ham çaqirdi. Tartibsizliklar fonida Nazarboyev Xavfsizlik kengaşi raisi lavozimidan ketkazildi, uning qarindoşlari esa davlat taşkilotlari va tijoriy tuzilmalardagi rahbarlik lavozimlaridan mahrum bölişdi.

















