21:06 / 29.09.2019
0
7571
Tailanddagi avtohalokat 17 nafar talabaning umriga zomin bo‘ldi

Tailandning shimoli-sharqida texnika kollejining 17 nafar talabasi pikap ishtirokidagi avtohalokat qurbonlariga aylandi, deb xabar berdi mahalliy politsiyaga iqtibos keltirgan holda Thaiger interenet-portali.

Voqea 29 sentyabrda Kamboja chegarasi yaqinidagi Sisaket viloyatida sodir bo‘lgan. Talabalar pikapda o‘qishdan uyga qaytayotgan bo‘lganlar. Katta tezlikda harakatlangan avtomobil to‘satdan piyodalar yo‘lkasiga chiqib ketib, ikkita simyog‘ochga urilgan va ag‘darilib ketgan.

To‘qnashuv oqibatida pikapning orqa qismida o‘tirgan 12 talaba voqea joyida vafot etgan, yana besh nafari og‘ir jarohatlar oqibatida shifoxonada jon bergan. Haydovchi jiddiy jarohatlar bilan gospitalga yetkazilgan.

Politsiya voqea joyidagi kameralardagi yozuvlarni ko‘zda kechirmoqda hamda avtohalokat sababini aniqlash maqsadida haydovchini sog‘aygach so‘roq qilmoqchi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top