23:58 / 01.10.2019
0
8269
YeChL. «Real» 0:2 hisobida ortda borayotib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Foto: Reuters

Yevropa Chempionlar Ligasida 2-tur o‘yinlari boshlandi. O‘z maydonida Belgiyaning «Bryugge» klubini qabul qilgan «Real» 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Birinchi bo‘limda madridliklar 0:2 hisobida ortda borishayotgandi, ammo ikkinchi bo‘limda ikkita gol urib mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi.

Belgiyaliklar safida Dennis Bonaventura dubl qayd etgan bo‘lsa, mezbonlar safida Ramos va Kazemiro gol urishdi. Zidan ikkinchi bo‘lim avvalida darvozabon Tibo Kurtuani zaxiraga oldi va uning o‘rniga Alfons Areolya maydonga tushdi. Fransuz ikkinchi bo‘limni «quruq» o‘tkazdi. Shu tariqa «Real» ikkinchi turda ham g‘alaba qozona olmadi.

Real Madrid – Bryugge 2:2

Gollar: Ramos (55), Kazemiro (85) – Bonaventure (9, 39).
Real Madrid: Kurtua (Areolya, 46), Karvaxal, Varan, Ramos, Nacho (Marselo, 46), Modrich, Kazemiro, Kroos, Vaskes (Vinisius Junior, 67), Benzema, Azar.
Bryugge: Minole, Mata, Mexele, Deli, Rits, Diatta, Sobol, Vormer, Vanaken, Bonaventure (Openda, 71; Kols, 87), Tau.

Atalanta – Shaxtyor 1:2

Gollar: Sapata (28) – Morayes (41), Solomon (90+5).
Amalga oshirilmagan penalti: Ilichich (16).
Atalanta: Gollini, Toloy, Maziyello (Murel, 68), Palomino, Gomes, De Ron, Kastan, Xatebur (Gozens, 57), Ilichich (Malinovskiy, 57), Pashalich, Sapata.
Shaxtyor: Pyatov, Kritsov, Stepanenko, Tayson, Junior Morayes, Marlos (Konoplyanka, 86), Kovalenko, Alan Patrik (Solomon, 69), Matviyenko, Ismaili, Bolbat (Dodo, 90+3).
Ogohlantirishlar: Krivsov (15), Stepanenko (35), Ilichich (44), Morayes (45), de Ron (49), Bolbat (64), Toloy (80), Malinovskiy (90+2).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentyabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top