07:48 / 03.10.2019
3
12256
Energetika vazirligi elektr energiyasini tejash bo‘yicha tavsiyalar bilan chiqdi
Foto: Sputnik

Iste'mol madaniyati – mahsulotlar va xizmatlarni xarid qilishda odam odobini boshqarish uchun belgilangan qoida va me'yorlar to‘plamidir. Elektr energiyasi iste'mol madaniyati haqida gap ketganda, avvalo “svet” haqini o‘z vaqtida to‘lab borish tartibini tushunar edik, deb yozmoqda Energetika vazirligi.

So‘nggi statistik ma'lumotlarga qaraganda, respublikaning har 100 xonadoniga 153 dona televizor, 102 dona sovitkich, 34 dona konditsioner, 54 dona changyutgich, 80 dona kir yuvish mashinasi, 246 dona telefon va 49 dona kompyuter to‘g‘ri keladi. Mana shunday elektr texnika buyumlarini qanday ishlatish bilan elektr energiyasi sarfini ko‘payib ketishi yoki kamayishi kuzatilmoqda.

“Elektr energiyasi sarfini kamaytirishda amal qilib kelayotgan qoidalar bilan bir qatorda, shu kungacha biz jiddiy e'tibor bermagan, demak amal qilmagan, endi esa iste'mol madaniyatimizda kundalik me'yorga aylanib borayotgan tejamkorlik ham muhim o‘rin tutishini alohida ta'kidlashimiz to‘g‘ri bo‘ladi. 

Xonadon sharoitida elektr energiyasini qanday qilib tejash mumkin? 

“O‘zenergoinspeksiya”ning bu boradagi oddiy tavsiyalariga jiddiy amal qilsangiz, bir yilda 500 kVt. soat elektr energiyasini yoki amaldagi tarif bo‘yicha 147 500 so‘mgacha mablag‘ingizni tejab qolgan bo‘lasiz”, - deyiladi vazirlik ma'lumotida.
 
Misol sifatida keltirilishicha, uydagi birgina televizor rozetkadan o‘chirilmaganda (kutish rejimida qolsa) o‘rtacha bir kunda 25 Vt, bir oyda esa 750 Vt elektr energiyasi behuda sarflanadi. 

Mutaxassislarning hisob-kitoblaridan kelib chiqib, uy sharoitida elektr energiyasini tejashning asosiy ko‘rsatkichlari eslatib o‘tilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top